Yurgen Klopp: "Futbolchilarim berilgan vazifani a'lo darajada uddalashdi"

Aslanov Jasurbek
4 apr 2021, 08:09
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Arsenal"ga qarshi kechgan uchrashuvdan so'ng fikrlarini bildirib o'tdi.

"Biz juda yaxshi o'ynadik. Uchrashuvga belgilangan rejani futbolchilar a'lo darajada uddalashdi. Bundan mamnunman. O'ylaymanki, navbatdagi uchrashuvlarda jamoam yanada yaxshiroq o'ynaydi",- deya Kloppning so'zlarini keltiradi BBC nashri.

Aytib o'tish joiz, "Liverpul" Angliya chempionati 30-turidan o'rin egallagan Markaziy uchrashuvida "Arsenal"ni safarda yirik 3:0 hisobida taslim qildi. Ikki golga Diogu Jota mualliflik qilgan bo'lsa, yana bir gol Muhammad Salohning nomiga yozildi. 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BBC