

“Men uchun ushbu turnirda ikki favorit bor. Bular “Manchester Siti” va “Bavariya”. Bu ikki jamoa ishtirokidagi uchrashuv shubhasiz tomoshabop kechardi. Ular yarim final yoki finalda uchrashadimi, bunisini bilmayman. “Bavariya” tanaffusdan ilgari ham keyin ham Germaniyada hammadan yaxshi, chiroyli va kuchli o'yin namoyish etmoqda. Xans Diter Flik boshqaruviga o'tgach, jamoa har qanday raqibni yo'lidan chiqarib tashlamoqda.
Bu yilgi bahslar o'zgacha formatda o'tishi bilan ham qiziqarli. “Manchester Siti”ni tarkibiga e'tibor qilsangiz, ularning naqadar kuchli jamoa ekanligini bilish mumkin. Albatta omad barchaga kerak bo'ladi. Buni doim aytganman. Agar YCHLda g'olib bo'lmoqchi ekansan, hal qiluvchi final bahsiga to'liq tarkibda yetib borish lozim.
Albatta ayni paytda YCHLda ishtirok etadigan qolgan jamoalarni ham kuchsiz deyishdan yiroqman. Ammo bu ikkki jamoani shubhasiz ular orasida favorit deb hisoblayman”, deya Kloppning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Goal.
Eslatib o'tamiz, bu yilgi YCHL bahslari “8 final” formatida 12-23 avgust kunlari Lissabonda bo'lib o'tadi. Jamoalar bitta uchrashuv natijasiga ko'ra, keyingi bosqichga yo'llanma olishadi.



