"Yunayted" Sulsherni iste'foga chiqarmoqchi emas

Mirjalol Normatov
10 dek 2020, 23:33
Norvegiyalik mutaxassis lavozimidan ayrilmaydi.

"The Guardian" xabariga ko'ra, klub rahbariyati hali ham Ole-Gunnar Sulsherga ishonch bildirishda davom etadi. Garchi MYU Yevropa chempionlar ligasidan chiqib ketgan bo'lsa-da, jamoa APLda yaxshi o'yin ko'rsatmoqda va Yevropa ligasida favorit hisoblanmoqda.

Undan tashqari, MYUdagilar ayni damda Ole-Gunnar Sulsherning o'rniga boshqa nomzod qidirmayapti.

Sulsher shogirdlari APLda 10 o'yindan keyin 19 ochko jamg'arib, 6-o'rinni egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Guardian