Yuldashev va Soibov "Andijon" lagerini tark etdi

Narzulla Saydullayev
19 iyul 2014, 14:00
Davralar oralig'ida "Andijon"ga ko'rikdan o'tish uchun taklif etilgan ikki futbolchi kuni kecha jamoa lagerini tark etdi.
Birinchi davrani "Metallurg"da o'tkazgan yarim himoyachi Sardor Soibov yana "Andijon"ga qaytib kelgandi. Shuningdek birinchi liga ishtirokchisi "Xotira-79"dan himoyachi Bahrom Yuldashev ham oxirgi kunlarda "burgutlar" safida shug'ullanayotdi. Aftidan bu o'yinchilarning harakatlari Sergey Shevchenkoga maqul kelmagan ko'rinadi.

Shu bois juma kuni o'tkazilgan mashg'ulotlarda bu futbolchilar ko'rinish bermadi. Ma'lum bo'lishicha, Soibov bilan Yuldashev o'ziga yangi jamoa topishga majbur bo'lgan. 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia