Yoshlar ligasi. "Mashal" ikkinchi o'ringa ko'tarilib oldi

11 apr 2014, 19:26
Bugun Oliy liganing 5-turi oldidan "Qizilqum" va "Mashal" yoshlari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.
Karmana shahridagi bolalar va o'smirlar sport maktabida bo'lib o'tgan uchrashuvda vakillarimiz navbadagi g'alabasini nishonladi.
Hujumlar ostida uchrashuvni boshlagan "gazchilar" 6 daqiqadayoq tezkor gol urishga erishdi. Shohruh Dostonov o'zining mavsumdagi to'rtinchi golini kiritdi. Shundan so'ng yaqindagina jarohatidan so'ng safga qaytgan Salamat Qutiboev 21 daqiqada darvozabonni oji qoldira oladi. Uchrahsuv yakunlanishi arafasida uchrashuv hakami darvozamiz tomon penalti belgiladi va Sarvar Xolmatov adashmadi.

Shunday qilib "Mashal" yoshlari mavsumdagi to'rtinchi g'alabasiga erishib turnirning ikkinchi pog'onasiga ko'tarilib oldi.



"Qizilqum" - "Mashal"  1:2
Gollar:
Sarvar Xolmatov 90 penalti - Shoxrux Dostonov 6, Salamat Qutiboev 21

"Mashal": Javohir Ilyosov, Yunus Ochildiev, Iskandar Shayqulov, Qahramon Bahodirov,Siroj Rahmatullaev,  Akmaliy Rahimzoda, Eldor Ergashev, Shoxrux Dostonov, Xolmurod Xolmurodov, Eldor Shomurodov, Salamat Qutiboev

Zaxiradan maydonga tushganlar: Akbar Abraev, Jasurbek Abdurahmonov, Omonullaxon Mirzaev, Muhriddin Rizvanov

Manba: fcmashal.uz