Yoshlar ligasi. 22-turning barcha natijalari

Narzulla Saydullayev
17 okt 2013, 18:39
Yoshlar ligasida 22-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
Yoshlar Birinchiligi peshqadami Bunyodkor 22-turda Olmaliq ustidan 2:1 hisobida irodali g'alabaga erishdi. E'tiborli tomoni, toshkentliklar hal qiluvchi golni hakam tomonidan uchrashuv asosiy vaqtiga qo'shib berilgan daqiqada kiritishdi.

Bunyodkor yoshlari musobaqa yakunlanishiga to'rt tur qolganida bu turda Dinamo ustidan 2:0 hisobida g'alaba qozongan Paxtakorni to'rt ochkoga ortda qoldirishmoqda. Shuningdek, Neftchi va So'g'diyona o'rtasidagi uchrashuvda qayd etilgan 5:5 hisobidagi durangni ham alohida qayd etish joiz.

Yoshlar Birinchiligi, 22-tur uchrashuvlari
17 oktyabr, payshanba
Dinamo (Samarqand) – Paxtakor (Toshkent) – 0:2. 95 tomoshabin.
Hakamlar:
E. Tursunov (Buxoro), SH. Qamarov, A. Axtamov, N. Meshkov
Nazoratchi: F. Abdullaev (Toshkent).
Gollar: T. Abduxoliqov (35, penalti, 38).
Ogohlantirishlar: B. Joniev (32) – J. Saidov (18), B. Mirzarahimov (32), A. Olimov (54), M. Ubaydullaev (57).
Chetlatish: B. Joniev (ikkinchi ogohlantirish, 42).

Metallurg (Bekobod) – Lokomotiv (Toshkent) – 3:1. 423 tomoshabin.
Hakamlar
: I. Garmashov (Toshkent), O. Umarov, D. Kamolov, Z. Abdurahmonov
Nazoratchi: A. Abdullaev (Toshkent).
Gollar: A. Ziyovutdinov (20, penalti), SH. Norbekov (74), J. Boboev (75) – I. Suyunov (65).
Ogohlantirishlar: L. Nuritdinov (22), D. Ahmedov (34), J. Boboev (67), M. Nuraliev (90+2) – S. Rahmonov (88).

Neftchi (Farg'ona) – So'g'diyona (Jizzax) – 5:5. 217 tomoshabin.
Hakamlar:
A. Rahimov (Andijon), D. Hakimov, S. Rahmonov, SH. Matisaev
Nazoratchi: V. Valickiy (Toshkent).
Gollar: U. Qodirov (9, 61), I. G'aniev (30, penalti), O. Zokirov (43, 88) – A. Abdurahmonov (21, 33, 35, 78, penalti), S. Meliev (89).
Ogohlantirishlar: SH. Hakimov (44) – N. Ashurmatov (29).

Sho'rtan (G'uzor) – Nasaf (Qarshi) – 1:4. 198 tomoshabin.
Hakamlar:
O. To'ychiboev (Toshkent), S. Sattorov, SH. Muhsinov, F. Usmonov
Nazoratchi: G'. Karimov (Toshkent).
Gollar: D. Karimov (90+2) - D. Ashurov (15), J. Masharipov (57), D. Narzullaev (90+1), S. Baratov (90+3, penalti).
Ogohlantirish: T. Ochilov (Sho'rtan, 30).

Navbahor (Namangan) – Qizilqum (Zarafshon) – 1:0. 178 tomoshabin.
Hakamlar:
R. Tolibjonov (Farg'ona), M. Majidov, R. Fozilov, E. Tursunov
Nazoratchi: S. Ermatov (Toshkent).
Gol: B. Sharofutdinov (66).
Ogohlantirishlar: A. Ahmedov (16) – D. Isaqulov (18), X. Davronov (36), R. Gapparov (90+1), T. To'raboev (90+4).

Buxoro (Buxoro) – Guliston (Guliston) – 1:1. 83 tomoshabin.
Hakamlar:
N. Qosimov (Qarshi), A. Burov, SH. Rahmatov, SH. Rajabov
Nazoratchi: G. Imomov (Toshkent).
Gollar: A. Soliev (59) – D. Tolipov (62).
28-daqiqada D. Xudoyberdiev penaltidan foydalana olmadi.
Ogohlantirishlar: B. Narzullaev (52) – M. Isaev (13), I. Jumanov (36), K. Boev (90).

Bunyodkor (Toshkent) – Olmaliq (Olmaliq) – 2:1. 57 tomoshabin.
Hakamlar:
V. Najafaliev (Toshkent), D. Saylalov, M. Karimov, O. Abduvasilov
Nazoratchi: R. Mo'minov (Toshkent).
Gollar: T. Ayupov (85), S. Azimov (90+3) – N. Davlatov (57).
Ogohlantirishlar: X. G'iyosov (40) – F. Qosimjonov (34).

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz