Yoaxim Lyov o'z kelajagi haqida fikr bildirdi

Sherzod Nurmatov
30 may 2021, 00:17
Germaniya terma jamoasi murabbiyi Yoaxim Lyov murabbiylik faoliyatida "pauza" qilishni rejalashtirganini aytdi.

"Men yozda qaysidir jamoani boshqarmayman. Bu bo'yicha hech kim bilan bog'lanmadim va o'z poziciyamni o'zgartirmayman", – dedi 61 yoshli mutaxassis.

Eslatib o'tamiz, Lyov Evro-2020'dan so'ng Germaniya terma jamoasini tark etishga qaror qildi. U 2006 yildan beri "Bundestim" ustozi sanaladi.

Germaniya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Xans-Diter Flik bo'ladi. U bilan allaqachon 2024 yilgacha shartnoma imzolangan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Bayern&Germany