Yoaxim Lyov Germaniya terma jamoasi futbolchilari uchun "komendant soati" e'lon qildi

Aslanov Jasurbek
5 sen 2018, 11:17
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov milliy jamoadagi ichki qoidalarni jiddiylashtirdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Germaniya terma jamoasi futbolchilari uchun "komendant soati" e'lon qilingan. Futbolchilar yarim tungacha mehmonxonaga qaytib, xonalarida dam olishlari shart. Germaniya terma jamoasi futbolchilariga mehmonxona barida o'tirish ham taqiqlandi.

Eslatib o'tamiz, Germaniya terma jamoasi JCH-2018 guruh bosqichida 4-o'rinni egallab, turnirni muvaffaqiyatsiz yakunlagan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport Bild