“Paxtakor”ning sobiq tayanch yarim himoyachisi Dilshod Sharofetdinov superliganing “Saym Darbi” jamoasi sharafini himoya qilayotgan bo'lsa, 31 yoshli markaziy yarim himoyachi Yaroslav Krushelnickiy qishda “Sho'rtan”dan premer-liganing “Felda Yunayted” klubiga ko'chib o'tgandi.
Kecha, 7 iyun kuni “Felda Yunayted” Malayziya futbol assotsiatsiyasi kubogi finalida yuqori liga vakili “Paxang” bilan to'qnash keldi. Hamyurtimiz jamoasi uzoq vaqt davomida 1:0 hisobida oldinda yurishiga qaramay, yakunda baribir mag'lubiyatni tan olishga majbur bo'ldi. Uchrashuvda Krushelnickiy to'liq ishtirok etdi.
“FYU” 15-daqiqada hisobni ochgan edi. Ammo o'yinning eng oxirida ustunlikni boy berib qo'ydi va alamli mag'lubiyatga uchradi. Raqiblardan 80- va 90-daqiqalarda ikki gol o'tkazib yubordi.
Shu tariqa, OFK kubogi-2015ga beriladigan yo'llanmani “Paxang” ilib ketdi.
Ulug'bek Mirzaev