Yaqin kunlarda ro'y berishi kutilayotgan beshta katta transfer

Xayrulla Xoliqov
21 iyul 2017, 15:40
Yevropaning futbol nashrlaridan biri "FourFourTwo" yaqin kunlarda ro'y berishi mumkin bo'lgan beshta katta transferga to'xtalib o'tdi.

1. Neymar

Qayerdan: "Barselona"

Qaerga: PSJ


Agar Neymar "Barsa"ni tark etib PSJ safiga qo'shiladigan bo'lsa, bu yilning eng shov-shuvli transferi bo'ladi. Gap-so'zlarga qaraganda, Parij klubi Neymar uchun 222 million funt berishga tayyorgarlik ko'rmoqda. 

2. Ivan Perisich

Qayerdan: "Inter"

Qaerga: "Manchester Yunayted"


"Independent" nashrining yozishicha, "Inter" Perisich uchun angliyaliklardan 48 million funt so'ragan, biroq MYU bu summani 3-4 millionga tushirishni xohlamoqda. Buning ustiga "Inter" Perisichni berish evaziga Antoni Marsyalni ham o'ziniki qilib olmoqchi. 

3. Riyad Mahrez 

Qayerdan: "Lester"

Qaerga: "Roma", "Arsenal", "Tottenxem"


Mahrezni birinchi navbatda "Arsenal" xarid qilishi mumkin. Lekin yangi bosh murabbiy qo'liga o'tgan "Roma" ham qarab turgani yo'q. Rimliklar hatto jazoirlik futbolchi bizga kelib bo'ldi degan o'ydalar. Bunday qiziqish "Tottenxem"da ham bor, lekin ular futbolchining narxini baland deyishmoqda. "Lester" ustozi esa "Mahrez o'zimizga ham kerak" deyapti. 

4. Marko Veratti 

Qayerdan: PSJ 

Qaerga: "Barselona", "Manchester Yunayted"


Veratti masalasi ham ko'plab muhokamalarga sabab bo'lmoqda. "Barsa" uni olishga harakat qilayotgani bor gap, ammo PSJdan sado chiqmayapti. Italiyalik sobiq agent Donato Di Kampli PSJning bu ishidan hayron qolganini aytdi va Veratti go'yo qamoqxonada o'tiribdi degandek shama qildi. Verattiga shuningdek, MYU ham qiziqish bildirgan. 

5. Benjamin Mendi

Qayerdan: "Monako"

Qaerga: "Manchester Siti"


"Monako"ning allaqachon ikki futbolchisi APLga yo'l oldi: Bernardo Silva bilan Bakayoko. Qolaversa, Kilian Mbappe, Fabino va Tomas Lemar kabi futbolchilar ham klubdan ketishi kutilmoqda. "Monako"ning yana bir futbolchisi Benjamin Mendiga esa "Manchester Siti" da'vogar. Chunki Gvardiola jamoani tark etgan Zabaleta, Sanya va Klishilarning o'rnini to'ldirmoqchi. "Siti" Mendi uchun 44,5 mln. funt to'lashga tayyor, ammo francuzlar 50 mln. so'rashmoqda. 


O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: fourfourtwo.com