Yaponiya. Doston Tursunov jamoasi so'nggi daqiqadagi gol evaziga g'alabaga erishdi

Narzulla Saydullayev
14 apr 2019, 15:17
Bugun Yaponiya birinchi divizionida 9-tur o'yinlari yakuniga etdi.

Hamyurtimiz Doston Tursunov o'ynayotgan "Renofa Yamaguchi" klubi o'z mydonida "Kagoshima Yunayted"ni qabul qilib 1:0 hisobida g'alaba qozondi. O'yindagi yagona gol so'nggi daqiqada urilgani e'tiborga molik Bu "Renofa"ning mavsumdagi ikkinchi g'alabasi bo'ldi. Klub 9ta o'yindan so'ng 8 ochko to'plab musobaqa jadvalining 19-pog'onasida bormoqda. Chempionatda jami 22ta klub ishtirok etadi.

"Renofa" keyingi bahsni 21 aprel kuni safarda "Montedio Yamagata"ga qarshi o'tkazadi.


Yaponiya. J2 ligasi. 9-tur
"Renofa Yamaguchi" - "Kagoshima Yunayted" 1:0
Gol:
Ryuxo Kikuchi 90 


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia