Xummels mavsum oxirida faoliyatini yakunlashi mumkin

Оқил Абдубарноев
1 mar 2023, 21:22
Dortmundning "Borussiya" klubi himoyachisi Mats Xummels butsalarini mixga ilishi mumkin.

34 yoshli futbolchi joriy mavsum oxirida "Borussiya" bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmasa, faoliyatini yakunlashga tayyor.

Futbolchining amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Agar tomonlar yangi shartnoma imzolashsa, Xummelsning maoshi 10 mln dan 5 mln evroga pasayadi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: bulinews.com