Xorxe Sampaoli: "Orzuim - Messini shug'ullantirish"

Tolibjon Qosimov
31 mar 2017
"Sevilya" bosh murabbiyi Xorxe Sampaoli "Barselona" hujumchisi Lionel Messini shug'ullantirishni istashini tan oldi.

"Orzuim - Messini shug'ullantirish, shunda chiziq yonidan uning harakatlarini kuzatish uchun ajoyib imkoniyatga ega bo'laman. Leo aqlbovar qilmas formada. Kim ham uni shug'ullantirishni istamaydi? Agar siz muhim o'yinchini baxtli bo'lishiga yordam bersangiz, 95 % muvaffaqiyatga erishasiz. Bu Maradona eng zo'r bo'lgan davrlarga o'xshaydi. Messi yaxshi bo'lganida jamoasi yutqazishi juda qiyin", - deydi Sampaoli.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Diaraio Ole