Xoland "Reynjers"ga qarshi Yevropa Ligasi 1/16 final doirasidagi javob bahsini o'tkazib yuboradi

Alisher
23 fev 2022, 17:16
Dortmundning "Borussiya" jamoasi hujumchisi Erling Xoland "Reynjers"ga qarshi Yevropa Ligasi 1/16 final javob bahsini o'tkazib yuboradi.

21 yoshli norvegiyalik futbolchi jamoa bilan Glazgoga uchmadi. Futbolchi jarohati sabab "Borussiya"ning so'nggi 4 o'yinini o'tkazib yubordi, ammo bir necha kun oldin umumiy guruhdagi mashulotlarga qaytdi.

Xoland 2021/22 yilgi mavsum "Borussiya" tarkibida 20ta o'yinda maydonga tushib, 23ta gol va 6ta assist qayd etdi.

"Reynjers" - "Borussiya" o'yini ertaga bo'lib o'tadi. Ilk bahs shotland jamoasining 4:2 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sport1