Xitoylik futbolchi: "Terma jamoa yig'in o'tkazgani yaxshi bo'ldi"

Xayrulla Xoliqov
27 may 2020, 13:17
Xitoy terma jamoasi mamlakatdagi koronavirus epidemiyasiga qaramasdan yig'in tashkil etdi.

Ikki haftalik yig'in chog'ida Xitoy terma jamoasi dastlab "Shanxay SIPG"ga qarshi nazorat bahsi o'tkazib, 4:1 hisobida g'alaba qozondi. Keyingi uchrashuv esa "Shanxay Shenxua" bilan o'tkazildi.

Terma jamoa futbolchisi Yan Junling matbuotga bergan intervyusida yig'in ancha foydali bo'lganini aytib o'tdi.

- "Epidemiyaga qaramasdan yig'in o'tkazganimiz yaxshi bo'ldi. Chunki ancha paytdan beri terma jamoa yig'ilmagandi. Yangi murabbiy Li Tie jon koyitib harakat qilmoqda. U juda g'ayratli murabbiy. Biz faqat avtobusda niqob taqdik. Maydonga chiqqanda niqoblarning keragi bo'lmadi".

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com