Xavi Neymarning "Barselona"ga qaytishini kutmoqda

Alisher
5 may 2020
"Barselona" sobiq yarim himoyachi Xavi Neymarning klubga qaytishiga umid qilmoqda.

"Neymar hozir dunyoning eng yaxshi 5 nafar o'yinchisidan biridir. U natija bera oladi. Umid qilamanki, ushbu futbolchi tez orada "Barselona"ga qaytadi.

Men u bilan bitta echinish xonasida bo'lganman, ajoyib inson. Neymar jamoaga yordam bera oladi. Bu ajoyib transfer bo'lardi, u jamoaga ajoyib natija berishiga shubham yo'q", - deydi Xavi.

Eslatib o'tamiz, Neymar PSJga "Barselona"dan 2017 yilning yozida 222 million evro evaziga o'tgan edi.


AlisherMuallif
Manba: instagram.com/xavi