Xavi: "Murabbiylikni Qatarda boshlamoqchiman"

Tolibjon Qosimov
23 noya 2018
"Barselona" sobiq futbolchisi, hozirda Qatarning "Al Sadd" jamoasi sharafini himoya qilayotgan yarim himoyachi Xavi kelajak rejalari haqida gapirdi.

"Futbolni sevaman. Unda qolish uchun eng yaxshi variant - murabbiy bo'lish. Bu yil men uchun o'yinchi sifatida oxirgisi bo'ladi. "Xayr" deydigan vaqt keldi. Bu men uchun yoqimsiz, lekin vaqt keldi.

Murabbiy bo'lish uchun ko'p vaqt kerak. Bu ishni tajriba to'plash maqsadida Qatarda boshlamoqchiman. Hamma meni "Barselona" bosh murabbiyi rolida kutmoqda. Lekin, hozircha o'zimni u yerda ko'rmayapman. "Barsa"ni shug'ullantirish - bu shunchaki gap emas", - dedi Xavi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Cadena Ser