Xans-Yoaxim Vatcke: “Bavariya”ning tarkibi kuchliroq”

Tolibjon Qosimov
11 noya 2013, 16:51
Dortmundning “Borussiya” klubi ijroiya direktori Xans-Yoaxim Vatcke, 23 noyabrda “Bavariya”ga qarshi bo'lib o'tishi kutilayotgan bahsda, qaysi bir jamoa favorit hisoblanishini ta'kidlab o'tdi.

“Bavariya”ning tarkibi “Borussiya”nikiga qaraganda kuchliroq. Bundan tashqari myunxenliklar mana 37 o'yindan beri mag'lubiyat nima ekanligini bilmay kelishmoqda va chempionatda yetakchilikni saqlab turishibdi. “Bavariya – favorit. Biroq biz faqatgina bu o'yin bilan to'xtalib qolmaymiz, chunki oldinda juda ko'p o'yin bor”, - Vatckening so'zlarini keltiradi sport1.de.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.net