Xaynkes "Bavariya"ning o'yinlarini ko'rmayapti

Tolibjon Qosimov
7 sen 2013, 13:07
"Bavariya" klubi sobiq ustozi Yupp Xaynkes o'tgan mavsum oxirida murabbiylik faoliyatini tugatganidan so'ng futbol musobaqalarini kuzatmayotganini ma'lum qildi.
Uning aytishicha 50 yillik faoliyatdan so'ng ancha charchagan.

– To'g'risini aytsam Germaniya chempionatida nimalar bo'layotganini kuzatmayapman, – deydi Xaynkes Die Welt nashriga. – 50 yillik faoliyatdan so'ng dam olmoqchiman. Shu bois bu mavsumdagi "Bavariya"ning bironta o'yinini ham ko'rmadim. Ammo bu bilan meni befarq odamga chiqarib qo'ymanglar. Shunchaki xordiq olayapman, shu bilan birga bazi futbolchilar bilan gaplashib turibman.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru