Xabi Alonso "Real Sosedad" bilan shartnomasini uzaytirdi

Mirjalol Normatov
26 mar 2021, 23:31
"Real Sosedad" matbuot xizmati 39 yoshli murabbiy Xabi Alonso bilan shartnoma 2022 yilning yoziga qadar uzaytirilganligini ma'lum qildi.

Futbolchilik faoliyati davomida "Liverpul", "Real", "Bavariya" kabi jamoalar tarkibida harakat qilgan Xabi 2017 yili butsalarini mixga ulgandi. Oradan bir yil o'tib, u "Real"ning 14 yoshgacha bo'lgan jamoasi boshqaruvini qabul qilib olgandi. 2019 yili esa u "Real Sosedad"da ish boshlagandi.

Oldinroq Xabi Menxengladbaxning "Borussiya"si bosh murabbiyi bo'lishi aytilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal