"Vulverxempton" tarkibiga sakkizinchi portugaliyalikni qo'shib oldi

Alisher
30 yanv 2020, 18:05
"Vulverxempton" "Olimpiakos"dan yarim himoyachi Daniel Podenseni sotib oldi.

Portugaliyalik futbolchi "bo'rilar" bilan 4,5 yillik shartnomaga imzo chekdi.

Oldinroq, xabar berilganidek "Olimpiakos" o'yinchining transferidan 21 million funt ishlab topadi.

Shunday qilib Podense "Vulverxempton" tarkibidagi sakkizinchi portugaliyalik o'yinchiga aylandi.

Futbolchi yangi jamoasida 10-raqam ostida o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/Wolves