"Vodiy futboli": "Neftchi" qora ananaga barham beradimi?

Narzulla Saydullayev
28 iyun 2015, 14:00
Vodiy klublari 15-turga tayyorgarlikni boshlashdi.
"Andijon": Tayyorgarlik bugundan boshlanadi

Juma kuni “Dinamo” klubiga qarshi bo'lgan o'yindan so'ng Edgar Gess futbolchilarga bir kunlik dam berdi. Bugun kunning ikkinchi yarmidan jamoamiz yana o'z qarorgohiga yig'iladi.

Xabaringiz bor, 1 iyul kuni “Andijon” birinchi davraning so'nggi turida o'z maydonida “Paxtakor”ni qabul qiladi. Mana shu o'yinga jamoamiz tayyorgarlikni bugundan boshlaydi. Shuni aytib o'tish kerakki, diskvalifikiciyaga uchragan futbolchilarimiz Ibrohim Otaxonov bilan Sanjar Asqaraliev “Paxtakor”ga qarshi maydonga tushishlari mumkin. Chunki ular beshtadan o'yinni o'tkazib bo'lishdi.


"Neftchi": Oxirgi 6 yilda "Qizilqum"ga safarda 6 marta mag'lub bo'lganmiz


Farg'onaning "Neftchi" klubi 15-turni Navoiyda "Qizilqum"ga qarshi o'tkazadi.

E'tiborlisi oxirgi olti o'yinda “Qizilqum” o'z uyida "Neftchi" ustidan faqat g'alaba qozongan. Ko'ramiz 1 iyul kungi o'yinda farg'onaliklar o'zlari uchun qora ananaga barham berisharmikin.


"Navbahor": Ulug'bek Baqoev "Lokomotiv"ga qarshi o'ynay olmaydi

Namanganning "Navbahor" klubi oliy liganing 15-turini Toshkentda "Lokomotiv"ga qarshi o'tkazadi.

Ushbu o'yinda "lochinlar" hujumchisi Ulug'bek Baqoev ishtirok eta olmaydi. Sababi futbolchining ogohlantirishlari soni 8taga etdi.


"Qo'qon-1912": Bugun "Bunyodkor"ga qarshi tayyorgarlik boshlanadi

"Qo'qon-1912" jamoasi bir kunlik dam olishdan so'ng bugun navbatdagi tur o'yiniga tayyorgarlikni boshlaydi.

Rustam Abdullaev boshchiligidagi jamoa 1 iyulda o'z maydonida Toshkentning "Bunyodkor" klubini qabul qiladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia