Vladimir Andreev "Paxtakor" murabbiylar shtabidan o'rin oldi

Nadirkhuja Yuldashev
10 yanv 2014, 11:17
So'nggi yillarda Ravshan Haydarovga yordamchilik qilib kelayotgan Vladimir Andreev faoliyatini "Paxtakor"da davom ettiradi.
Vladimir Anatolevich 2012 yil "Qizilqum", 2013 yil esa "Dinamo"da faoliyat olib bordi. Unga qadar 3 yil "Paxtakor" o'rinbosarlari bosh murabbiyi sifatida ishlagan. Aytish joyizki, "Paxtakor"ning bugungi asosiy tarkibi o'sha yillar davomida Andreev qo'l ostida to'p tepkanlar. Endi tajribali mutaxassis jamoaning asosiy tarkibida ish boshlashga yaqin turibdi.

Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: championat.asia