Vitaliy Denisov faoliyatini Rossiyada davom ettiradi

Aslanov Jasurbek
20 yanv 2025
O'zbekiston terma jamoasi sobiq futbolchisi Vitaliy Denisov Rossiya klubi bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi.

Denisov Rostov-na-Donu shahrining "SKA Rostov" klubi sharafini himoya qiladi.

"SKA Rostov" ayni damda Rossiyaning beshinchi darajali ligasida ishtirok etadi. Klubning egasi mashhur xonanda Vasiliy "Basta" Vakulenko hisoblanadi. Shartnoma muddati haqida ma'lumot mavjud emas.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: instagram.com/vitaliyd29