Vinisius Junior Saudiya Arabistonida 5 yil ichida 1 mlrd evro(!) ishlab olishi mumkin

Sherzod Nurmatov
28 yanv 2025, 11:56
"Real" vingeri Vinisius Junior Saudiya Arabistonidan katta taklif oldi.

AS xabariga ko'ra, ushbu mamlakatning nomi oshkor etilmagan klubi braziliyalik futbolchiga 5 yillik shartnoma taklif qilgan. Bu davrda braziliyalik 1 mlrd evro ishlab olishi mumkin edi. "Real" esa Vinisius transferi uchun 300 mln evro olardi.

"Qaymoqranglilar" futbolchini 1 mlrdlik tovon pulidan kamiga sotmoqchi emas. Vinisiusning o'zi "Real"dan ketish istagini bildirsagina klub rahbariyati bu taklifga rozi bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: AS