"Vilyarreal" Bakka bilan shartnomani bekor qildi

Mirjalol Normatov
7 iyul 2021, 23:29
Hujumchi Karlos Bakka "Vilyarreal"ni tark etdi.

Tomonlar yana bir mavsumdan keyin yakuniga etadigan shartnomani bekor qildi. Kolumbiyalik 2017 yili "Milan"dan transfer qilingandi.

Umumiy hisobda u jamoa tarkibida 145 o'yinda qatnashib, 43 gol urdi. O'tgan mavsumda u jamoa bilan Yevropa ligasini qo'lga kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: villarrealcf.es