Viktor Jalilov: "Hali qiladigan ishlarimiz ko'p"

Narzulla Saydullayev
14 iyul 2015, 01:25
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Viktor Jalilov "Mashal" bilan bo'lib o'tgan o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Bugun g'alaba qozondik. Lekin hali qiladigan ishlarimiz juda ko'p. Biz endi ish boshladik. Avvalo futbolchilarning imkoniyatlarini sinab ko'ramiz. Kim qanday kuchga ega ekanligini bilishimiz lozim. Qaysi chiziq meni ko'proq havotirga solayotgani haqida gapirish qiyin. Agarda Bangladeshdagi ishtirokni tahlil qiladigan bo'lsak, unda ko'proq hujum chizig'imizda muammolar borligi bilinadi. O'sha musobaqada hujum chizig'imizda kamchiliklar kuzatilgandi. Bu borada hali ishlar olib boramiz. Zamonaviy futbolda gol urish uchun ko'plab vaziyatlar yaratish zarur. Hozirgi yig'inda juda ko'plab yangi futbolchilarni sinovdan o'tkazmoqdamiz. Bu yig'in orqali ularning imkoniyatlarini yaxshi tahlil qilib chiqsak bo'ladi. Lekin hali oldinda yana o'yinlar bor. Shu bois hozirdan bir nima deyish qiyin. 20 iyulda yana yig'in o'tkaziladi va o'shanda olimpiya terma jamoasining asosiy futbolchilari chaqiriladi. hozirgi yig'inda qatnashayotgan futbolchilar o'zlarini ko'rsatib, asosiy jamoaga loyiq ekanliklarini isbotlashlari lozim. Bu borada ularda imkoniyat bor", - deydi Viktor Romanovich.


Shahboz Beg'amov suhbatlashdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia