Ispaniya Milliy futzal ligasining rasmiy sayti 2014 yil davomida turli darajadagi xalqaro turnirlarda kiritilgan eng chiroyli gollarning Top-5 taligini e'lon qildi.
5-o'rin
Beshinchi o'rinni ispaniyalik Migelinning pasidan so'ng raqib darvozasiga nozik uslubda to'p kiritgan braziliyalik buyuk o'yinchi Falkao band etdi. Bu ikki futzalchi Dubayda o'tkazilgan ko'rgazmali turnirda bir jamoa tarkibida to'p tepish imkoniyatiga ega bo'lishdi.
4-o'rin
To'rtinchi o'rin Rossiya terma jamoasining braziliyalik o'yinchisi Eder Limaga berildi. Uning Rossiya va Portugaliya terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvda o'tkir burchakdan kiritgan “qaychi” uslubidagi goli Yevropa chempionatining eng yorqin lahzalaridan biri bo'ldi.
3-o'rin
Uchinchi o'rin Quvaytda o'tkazilgan Qitalararo Kubok davomida Gvatemalaga qarshi o'yinda supergol muallifiga aylangan Yaponiya terma jamoasi a'zosi Yuki Morotaga nasib etdi.
2-o'rin
Top-5 ligimizning vice-chempioni - Braziliyaning “Jaragua” klubi o'yinchisi Marsio. Braziliya chempionatida u tomonidan urilgan gol, darvozani g'alati tarzda ishg'ol qilish toifasiga kiradi va uni hech kim qaytara olmasa kerak.
1-o'rin
Va nihoyat, 2014 yilning eng chiroyli goli deb Rossiya talabalar terma jamoasi o'yinchisi Andrey Batirevning muxlislarni bir onga shokka tushirib qo'ygan zarbasi tan olindi.
Futzalda, yana Jahon chempionati final uchrashuvida (!) 10 metrli jarima to'pini Panenka uslubida amalga oshirish bu sizga katta futboldagi 11 metrdan uzunligi 7,32 va balandligi 2,44 metr bo'lgan darvozaga gol urish emas.