Vidal "Inter" uchun tibbiy ko'rikdan o'tadigan kun ma'lum bo'ldi

Mirjalol Normatov
12 sen 2020
Arturo Vidal "Barselona"dan kyetib, "Inter"ga o'tishga yaqin turibdi.

"Tuttosport" xabariga ko'ra, yaqin vaqtlar ichida tomonlar kelishuvga erishish kerak. Chunki klubdagilar futbolchini 14 sentyabr kuni tibbiy ko'rikdan o'tkazish taraddudini ko'rmoqda. Arturo "Inter" bilan 2022 yilga qadar shartnomaga imzo chekishi kutilmoqda.

O'tgan mavsumda Vidal Primeroning 33 uchrashuvida 8 gol va 2 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Tuttosport