"Vest Bromvich" Julio Sezar bo'yicha muzokaralar olib boryapti
Tolibjon Qosimov
2 sen 2013, 16:53
"Vest Bromvich" Julio Sezarning ijarasi bo'yicha "KPR"ga so'rovnoma jo'natdi, deya xabar bermoqda BBC.
"Vest Bromvich" 33 yoshli futbolchini keyinroq sotib olish huquqi bilan bir yilga ijaraga olishni rejalashtiryapti. Sezar bo'yicha muzokaralar endi boshlandi va darvozabonning terma jamoa safiga borib qo'shilgani uchun ma'lum muddatga kechikyapti.