Vensan Abubakar "Beshiktosh" a'zosiga aylandi

Sherzod Nurmatov
26 sen 2020, 23:18
Kamerunlik hujumchi Vensan Aboubakar "Beshiktosh"ga o'tdi. Bu haqda klubning rasmiy sayti xabar bermoqda.

28 yoshli futbolchi bugun "burgutlar"ning yangi a'zosi sifatida tanishtirildi.

Abubakar "Beshiktosh"ga erkin agent sifatida qo'shildi va u turk klubi bilan 2021 yil yozigacha shartnoma imzoladi.

"Portu" sobiq forvardi 2016/17 yilgi mavsumda "Beshiktosh" safida ijara asosida o'ynashga ulgurgan, u Turkiya chempionatida 19 ta gol urib, 4 ta golli pas qayd etgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: bjk.com.tr