Venger: "Vaqt o'tdi, Aleksis boshqa jamoa sharafini himoya qilmoqda"

Mirjalol Normatov
29 apr 2018
"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yindan oldin Aleksis Sanches haqida gapirdi.

"O'sha paytlarda Aleksis bizning taklifimizni qabul qilmaganida, uni sotib yuborish yoki Mxitaryan kabi yuqori saviyali futbolchiga almashishni o'yladik. Ushbu transfer amalga oshishini ikki tomon ham istadi va bu bo'ldi ham.

Albatta, u bilan yana ko'rishish, uni boshqa jamoa libosida ko'rish qiziq bo'ladi. Biroq vaqt o'tdi, Aleksis boshqa jamoa sharafini himoya qilmoqda. Sanches "Arsenal" uchun muhim futbolchi bo'lgandi", - dedi Venger.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Manchester Evening News