Venger Manchester derbisidan keyingi mushtlashuvni misol keltirib, nega sumoni yoqtirishini aytib berdi

Aslanov Jasurbek
12 dek 2017, 15:25
"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger "Manchester Yunayted" hamda "Manchester Siti" o'rtasidagi APLning 16-tur uchrashuvidan keyingi mushtlashuv haqida gapirayotib, sumoni yoqtirishini aytdi.

"Bunaqasi bo'lib turadi. Tuyg'ular chegaradan chiqib ketishi mumkin. Boringizni o'yinga berib, undan so'ng farishtaga aylanishingiz hech gap emas.

Aslida nima bo'lganini bilmayman. Ammo bu biroz haqoratli tajriba. Aynan shu sabab tufayli Yaponiyadagi sumoni yoqtiraman. U yerda g'olib raqibga bo'lgan hurmati tufayli g'alabani nishonlamaydi.

Buni qo'llay olmaymiz. Bu madaniyatimizning bir bo'lagi emas" - deydi Venger.

Manchester derbisidan so'ng Mourinyo suv idish bilan Edersonning boshiga zarba berdi

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mirror