Vardi bugun Arsenalda tibbiy ko'rikdan o'tadi

Narzulla Saydullayev
5 iyun 2016, 12:31
Lester hujumchisi Jeymi Vardi Arsenalga o'tishga yaqin.

Bugun 29 yoshli ingliz London klubida tibbiy ko'rikdan o'tadi.

Arsenal Vardini Evro-2016 boshlanguniga qadar sotib olmoqchi. Dushanba kuni futbolchi Angliya terma jamoasi safida Fransiyaga uchib ketadi, shu bois tibbiy ko'rik bugun o'tkaziladi.

Arsenal hujumchi uchun Lesterga 22 million funt beradigan bo'ldi. O'tgan mavsumda Vardi APLda 24ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: espn.co.uk