Van Deyk: "Klopp menga sifatli narsa qimmat turishini aytgan"

Aslanov Jasurbek
20 yanv 2019, 17:10
"Liverpul" himoyachisi Virjil van Deyk jamoa bosh murabbiyi Yurgen Klopp sifatlari haqida gapirib berdi.

"Klopp bilan "Liverpul" men uchun sarflagan katta mablag' haqida suhbatlashganim yodimda. U quyidagi gapni aytgan: "Sifatli narsa qimmat turadi".

Bu klubga o'tishimning asosiy sabablaridan biri - Klopp.

Murabbiy bilan ilk uchrashuvimni hali ham eslayman. Klopp suhbat davomida menga ishonch bag'ishlagan. Ushbu mutaxassisdan o'zgacha narsa bor. Bu faqat energiya emas.

Klopp bilan o'zingizni juda yaxshi his qilasiz. U bizni tongda ko'rib xursand bo'ladi, bu esa futbolchilarga ijobiy ta’sir qiladi. O'yindan keyin murabbiy futbolchilarni qanday quchoqlashini ko'ring.

Xato qilsangiz u juda qatiqqo'l bo'la oladi. Murabbiy buni hammani oldida amalga oshiradi, ammo buni to'g'ri qabul qilamiz.

Klopp biz haqimizda qayg'uradi, aynan shu sababli u bizdan ko'proq narsa talab qilishi mumkin.

Murabbiyimiz haqida barcha hikoyalar haqiqat. Mashg'ulotlarda hech qachon bunchalik ter to'kib ishlamaganman" - deydi van Deyk.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mirror