Valverde transfer oynasidan charchaganini 10 ballik tizimda baholadi

30 avg 2019, 22:25
"Barselona" bosh murabbiyi Ernesto Valverde PSJ hujumchisi Neymarning qaytishi mumkinligi borasidagi savolga javob berishdan bosh tortdi.

"Biz haqiqatan ham o'sha kun (transfer oynasining yopilishi) kelishini intizorlik bilan kutyapmiz. Shundagina bemalol nafas olamiz. Barchasi ulanib ketdi. Neymar mavzusida gapirishim shart emas. Voqealar rivojini birgalikda ko'ramiz. Transfer oynasidan charchaganimga 10 ballik tizimda necha bal berishim mumkin? To'qqiz yarim", – deydi Valverde.  

O'xshash yangiliklar


Manba: marca.com