Vadim Abramov: "Qo'qon-1912"ning o'yini yoqdi"

Aziz Tukhtamuradov
24 may 2015, 22:02
"Lokomotiv" bosh murabbiyi Vadim Abramov "Qo'qon-1912"ga qarshi o'yindan so'ng jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

"O'yin tushunarsiz bo'ldi. Bir qancha imkoniyatlardan foydalana olmadik. O'yin so'nggida bosim ostida qoldik. Vaziyatlarni amalga oshirish borasida yana ish olib boramiz. "Qo'qon"ning o'yini yoqdi", deb so'z boshladi Abramov.


Koyashevichda ikkita ajoyib imkoniyat bo'lgandi. Vaziyatlardan birida u Shoaxmedovga pas berishi ham mumkin edi. Biroq, u o'zi zarba berishni lozim topdi... U bekorga zaxira o'rindig'ida o'tirmaganini isbotagandek bo'ldi.

O'yin shunday bo'ldi. U gol kiritishni istagandi. Mas'uliyatni his qilib turgandi. Harakat qildi. Ikki kundan so'ng yana o'yinlar, mashg'ulotlar. Umid qilamizki, barchasi yaxshi bo'ladi. 


Koryan nima uchun qaydnomaga kiritilmadi?

Uning jarohati bor edi. Shunigdek, To'xtaxo'jaevda ham. Mirzaev ham sog'liqdagi muammolar sababli o'ynay olmayapti.


"Qo'qon-1912" jamoasi haqidagi fikrlaringiz...

Yaxshi jamoa. Adashmasam, bungacha 4 marotaba g'alaba qozonishgan. O'ziga bo'lgan ishonchi bor jamoada. Menga yoqdi.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia