Usmonov "Arsenal"dagi ulushini 30%ga etkazganini tasdiqladi

Aslanov Jasurbek
27 fev 2016, 17:43
Rossiyalik biznesmen Alisher Usmonovning so'zlariga ko'ra, u "Arsenal"dagi ulushini 30%dan oshirgan.

Usmonov Farhod Moshiri egalik qiluvchi Red & White Holdings Limited kompaniyasining akciyalar paketini sotib oldi. Endi "Arsenal Holdings PLC"ning 30% akciyasiga egalik qiluvchi Red & White kompaniyasining barcha akciyalari Alisher Usmonov qo'lida.

"Avval e'lon qilgan rejalarimga ko'ra, men Farhod Moshirining barcha akciyalarini xarid qilaman, shu bilan "Arsenal"dagi ulushimni 30%dan oshirib olaman va bu bilan klubda ikkinchi darajali akcionerga aylanaman" - deydi Usmonov.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph