Tantashev bugun Alisher Usmonov bilan Iroqqa ketadi

Alisher
31 dek 2022
2023 yilning 6-19 yanvar kunlari Iroqning Basra shahri ananaviy tarzda o'tkazilib kelinayotgan "Fors ko'rfazi kubogi"ga mezbonlik qiladi.

Ushbu musobaqada Osiyoning arab mamlakatlari - Qatar, Saudiya Arabistoni, Iroq, BAA, Oman, Bahrayn, Kuvayt va Yaman terma jamoalari ishtirok etishadi. E'tiborli tomoni, musobaqa tashkilotchilari O'FAga FIFA hakamlarimiz - Ilgiz Tantashev (bosh hakam), Sanjar Shoyusupov (yordamchi hakam) va Alisher Usmonov (yordamchi hakam)ning ishtiroklari bo'yicha rasmiy taklif yuborgan.

25 marotaba tashkillashtirilayotgan "Fors ko'rfazi" kubogida ishlaydigan hakamlarimiz:

Ilgiz Tantashev;

Sanjar Shoyusupov;

Alisher Usmonov.

Vakillarimiz musobaqaga joriy yilning 31 dekabr kuni uchib kyetishadi.


AlisherMuallif
Manba: Ўзбекистон футбол ҳакамлари маркази расмий канали