Usmon Toshev: "Iste'fo? Hali rahbarlar bilan uchrashmadim"

11 yanv 2018, 12:13
Bugun ertalab "Andijon" klubining bosh murabbiyi Usmon Toshev rahbariyat tomonidan iste'foga chiqarilgani haqida xabar chop etilgan edi. Biz bosh murabbiy bilan aloqaga chiqdik.

"Iste'fo? Men bu haqda endi eshityapman. Bundan xabarim yo'q. 13 yanvar kuni Toshkentga borib 15 yanvar kuni "Andijon"ga qaytganimdan so'ng, rahbariyat bilan uchrashishim kerak edi", - deydi Usmon Toshev.


Eslatib o'tamiz,  10 yanvar kuni yig'inni boshlagan "Andijon" klubi mashg'ulotlarini "UzDongJu" sobiq ustozi Nozim Mullaoxunov o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia