Ulug'bek Baqoev: "Kubokda "Paxtakor"ga qarshi o'ynaymiz? Imkoniyat doim bor"

Narzulla Saydullayev
21 noya 2020, 10:56
Superliganing 23-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Nasaf" (3:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Ulug'bek Baqoev o'z fikrlarini bildirdi.

Bugungi o'yin uchun yigitlarga rahmat aytaman. Juda ham sovuq bo'ldi. Raqib "Nasaf" medallar uchun kurashmoqda, ular ham yaxshi harakat qilishdi. Shunday sovuq bo'lishiga qaramay stadionga kelib futbolchilarni qo'llab turgan barcha muxlislarga minnatdorchilik bildiraman. "Nasaf"ga esa keyingi o'yinlarda omad tilayman, - deydi Baqoev. 

- "So'g'diyona" O'zbekiston Kubogi nimchorak finalida "Paxtakor" bilan o'ynaydi. Keyingi bosqichga chiqish uchun imkoniyat bormi?
- Imkoniyat doim bor. Chempionga qarshi maydonga tushamiz, bir tomondan kubokning dastlabki bosqichi, boshqa tomondan "Paxtakor" bilan qiziqarli o'yin bo'ladi. Oxirigacha kurashamiz.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia