Uilshir "Arsenal"ga qaytishi mumkin

Sherzod Nurmatov
14 sen 2021, 20:32
Tomonlar muzokara olib borishmoqda.

"Arsenal" sobiq a'zosi Jek Uilshir London klubiga qaytishi ehtimoldan xoli emas. Bu haqda ayni paytda erkin agent hisoblangan futbolchining o'zi xabar berdi.

"Arsenal"ga qaytganimda yaxshi bo'lardi. Men jahon darajasidagi futbolchilar bilan birga bo'lishga qiziqib qoldim. Ishonamanki, biz tez kunlarda ushbu masalani klub bilan muhokama qilamiz", – dedi o'yinchi.

Uilshir "Arsenal" tarbiyalanuvchisi sanaladi. 29 yoshli xavbekning oxirgi jamoasi "Bornmut" bo'ldi. U klubni iyulda tark etgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports