Uilsher jarohati sababli olti haftaga safdan chiqdi

Aziz Tukhtamuradov
6 mar 2014, 20:42
“Arsenal” va Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Jek Uilsher jarohati tufayli olti haftani maydon tashqarisida o'tkazib yuboradi.

22 yoshli futbolchi Daniya terma jamoasiga qarshi o'yin (1:0) paytida jarohat olgandi. Bugungi tekshiruv natijalaridan so'ng uning chap oyog'iga zarar etganligi ma'lum bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, o'sha uchrashuvning 59-daqiqasida jarohat olgan Uilsherning o'rniga Adam Lallanu maydonga tushirilgan edi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru