Ukraina FF prezidentiga nisbatan 3ta jinoiy ish ochildi

Aslanov Jasurbek
13 noya 2018, 11:29
Korrupsiyada ayblanayotgan Ukraina futbol federatsiyasi prezidenti Andrey Pavelkoga nisbatan 3ta jinoiy ish ochildi.

Ukraina milliy antikorrupcion byurosida quyidagi moddalar bo'yicha ish ochilgan: "Rahbarlik yoki xizmat vazifasini suistemol qilish", "Ishonchsiz ma'lumotni deklaraciya qilish" va "Noqonuniy yo'llar daromad orttirish".

Ukraina bosh prokuraturasida Pavelkoga nisbatan quyidagi moddalar bo'yicha ayblov e'lon qilingan: "Davlat mulkini katta miqdorda o'zlashtirish va talon-taroj qilish" va "Rahbarlik yoki xizmat vazifasini suistemol qilish natijasida og'ir oqibatlarga sababchi bo'lish".

Policiya esa quyidagi modda bo'yicha ish ochgan: "Davlat mulkini o'zlashtirish va talon-taroj qilish".

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: by.tribuna.com