UEFA Superkubogi o'yinini kim boshqarishi ma'lum

Sherzod Nurmatov
26 iyul 2024, 19:13
UEFA Superkubogi doirasidagi "Real" – "Atalanta" uchrashuviga shveytsariyalik Sandro Sherer bosh hakam etib tayinlandi.

Unga hamyurtlari Stefan de Almeyda va Yonas Erni yordam berishadi. Zaxira hakami Nikolay Balakin (Ukraina), VAR – Bastian Dankert (Germaniya), AVAR – Fedayi San (Shveytsariya) va Kristian Dingert (Germaniya) bo'ladi.

O'yin 14 avgust kuni Varshavada bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: uefa.com