UEFA o'tgan mavsumning eng yaxshi murabbiyi nomini e'lon qildi

Eldor Akmurzayev
1 okt 2020, 21:25
Ayni payt YCHL yangi mavsumiga qur'a tashlash va 2019/20 yilgi mavsum yakunlariga ko'ra, eng yaxshilarini aniqlash marosimi bo'lib o'tmoqda.

UEFA "Bavariya" bilan musobaqada g'olib chiqqan Xans-Diter Flik 2019/20 yilgi mavsumning eng yaxshi murabbiyi deb topdi. Flik so'rovnomada Yurgen Klopp ("Liverpul") va Yulian Nagelsmann ("RB Leyptsig")dan o'zib ketdi. 

Myunxenliklar Xans-Diter Flik qo'l ostida 2020 yil Bundesliga, Germaniya Kubogi va Superkubogi, Chempionlar Ligasi, shuningdek, UEFA Superkubogida zafar quchdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: UEFA