

Bu YCHL va Yevropa ligasi g'olibi o'ynaydigan Yevropa Superkubogi o'yinini o'rniga ko'rib chiqilmoqda. Yangi musobaqa yuzasidan muzokaralar davom etyapti.
Yangi turnirda to'rtta ishtirokchi bo'lishi kutilmoqda: Chempionlar ligasi, Yevropa ligasi, Konferenciyalar ligasi g'oliblari, shuningdek MLSda g'olib chiqqan jamoa. UEFA futbol rivoji yo'lida Amerika bozorini istiqbolli deb hisoblaydi.
Avvalroq YCHLning bir necha o'yinlari Yevropadan tashqarida - Xitoy, AQSH yoki Yaqin Sharqda bo'lishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.



