UEFA Evrokubok va MLS g'olibi o'rtasida turnir tashkil etmoqchi

Aziz Tukhtamuradov
22 sen 2022, 08:53
UEFA Evrokuboklar va MLS g'oliblari o'rtasida turnir tashkil etishni rejalashtirmoqda.

Bu YCHL va Yevropa ligasi g'olibi o'ynaydigan Yevropa Superkubogi o'yinini o'rniga ko'rib chiqilmoqda. Yangi musobaqa yuzasidan muzokaralar davom etyapti. 

Yangi turnirda to'rtta ishtirokchi bo'lishi kutilmoqda: Chempionlar ligasi, Yevropa ligasi, Konferenciyalar ligasi g'oliblari, shuningdek MLSda g'olib chiqqan jamoa. UEFA futbol rivoji yo'lida Amerika bozorini istiqbolli deb hisoblaydi. 

Avvalroq YCHLning bir necha o'yinlari Yevropadan tashqarida - Xitoy, AQSH yoki Yaqin Sharqda bo'lishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: The Guardian