UEFA Chempionlar ligasida 1/8 finalning eng qimmat jamoasi "Real"

Aslanov Jasurbek
20 yanv 2018
Bir oydan so'ng biz sevgan UEFA Chempionlar ligasi yana muxlislarni xursand qilishni boshlaydi.

Transfermarkt.de sayti ushbu turnirning 1/8 finaliga chiqqan jamoalarning narxini o'rganib chiqdi. Ma'lumotlarga ko'ra, nimchorak finalning eng qimmat jamoasi Madridning "Real" klubi. Nemis sayti "Qirollik klubi"ni 743,8 mln. evroga baholadi. Bu borada narxi eng past klub sifatida "Bazel" ko'rsatildi. Shveytsariya klubining bahosi - 48,8 mln. evro.

YCHLning 1/8 finaliga chiqqan jamoalar narxlari:

"Yuventus" (540,3 mln. evro) - "Tottenxem" (551 mln. evro)

"Bazel" (48,8 mln. evro) - "Manchester Siti" (629,5 mln. evro)

"Portu" (180,9 mln. evro) - "Liverpul" (514,5 mln. evro)

"Sevilya" (229,8 mln evro) - "Manchester Yunayted" (592,8 mln. evro)

"Real" (743,8 mln. evro) - PSJ (648 mln. evro)

"Shaxtyor" (103,1 mln. evro) - "Roma" (327,1 mln. evro)

"Chelsi" (631,9 mln. evro) - "Barselona" (689,5 mln. evro)

"Bavariya" (599,1 mln. evro) - "Beshiktosh" (114,1 mln. evro)


Eslatib o'tamiz, Chempionlar ligasi 1/8 finalining birinchi uchrashuvlari 13,14 va 20,21 fevral kunlari o'tkaziladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia