U-23 Osiyo chempionati. Qatarning yakuniy tarkibida 5 nafar legioner bor

Narzulla Saydullayev
2 yanv 2018, 11:17
9 yanvar kuni Xitoyda U-23 Osiyo chempionati bahslari start oladi.

O'zbekiston U-23 terma jamoasining guruhdagi raqibi Qatarning yakuniy tarkibi ma'lum bo'ldi.

Feliks Sanches Bas boshchiligdagi jamoa safida besh nafar legioner Xitoydagi musobaqaga boradi.

Qatar 1-6 yanvar kunlari Xitoyda musobaqadan oldingi so'nggi yig'inni o'tkazadi. 9 yanvar kuni Qatar musobaqaning 1-turida O'zbekistonga qarshi maydonga tushadi.



Qatarning U-23 Osiyo chempionati uchun yakuniy tarkibi

Darvozabonlar:
Muhammad Al Bakari ("Al Duhail"), Meshal Barsham ("Al Sadd"), Yusuf Hassan ("Al Garafa")

Himoyachilar: Abdulrashid Omar ("Al Ahli"), Bassam Al Ravi ("Al Duhail"), Hoshim Ali Abdullatif ("Al Sadd"), Salim Al Xajri ("Al Sadd"), Shahab Al Leishi ("Al Duhail"), Sulton Al Brake ("Al Duhail"), Tamim Al Muhizea ("Al Garafa"), Yusuf Ayman ("Al Duhail")

Yarim himoyachilar: Abdulloh Al Ahrak ("Al Duhail"), Abdurahmon Mustafo ("Al Duhail"), Ahmad Moein ("Leonesa", Ispaniya), Ahmad Suhail ("Al Sadd"), Assim Madibo ("Eupen", Belgiya), Xolid Dhaifala ("Al Duhial"), Xolid Muni ("Astorga", Ispaniya), Nosir AL Nassr ("Al Markiya"), Omar Al Amadi ("Qatar SK"), Salah Al Yahri ("Al Xor"), Toriq Salmon ("Astorga", Ispaniya)

Hujumchilar: Akram Afif ("Eupen", Belgiya), Almoez Ali ("Al Duhail"), Meshal Al Shammari ("Al Sadd")


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia